MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI BOSH KOTIBI S.LEBEDEV BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

23.01.2024

2200

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

 

Bugun 12-aprel kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayevning referendumni kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendum tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

 

Shuningdek, Missiya rahbari referendum jarayonlarini kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi aʼzolari tarkibi, kuzatuvchilarning mamlakatimizda faoliyat olib borish tartibi bo‘yicha maʼlumotlar berib o‘tdi.

Taʼkidlanishicha, Missiyasi tarkibi MDHga aʼzo davlatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va saylov organlari, shuningdek, MDH hududida faoliyat yurituvchi Hamdo‘stlik organlari va integratsiya birlashmalari vakillaridan iborat tashkil topdi. MDH kuzatuvchilari missiyasi tomonidan referendum milliy qonunchiligiga va davlatimizning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi to‘g‘risida bayonot tayyorlanadi.

MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, referendum yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.