REFERENDUM NIMA?
Referendum – bu qonunlarni va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
REFERENDUMDA KIMLAR ISHTIROK ETADI?
Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekistonning har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqli.
REFERENDUMDA KIMLAR OVOZ BERADI?
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati asosida tuziladi.
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
REFERENDUMDA OVOZ BERISH BYULLETENI QANDAY BO‘LADI?
Referendumda ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masalaning matni aniq aks ettiriladi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari ko‘rsatiladi. Ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining qaroriga binoan tegishli referendum okrugi aholisining ko‘pchiligi muomala qiladigan tillarda chop etiladi. Ovoz berish byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
REFERENDUMNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi
KOMISSIYALAR TOMONIDAN OVOZ BERUVCHI FUQAROLARNING RO‘YXATI QANDAY TUZILADI?
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi.
Har bir fuqaro ovoz beruvchilarning faqat bitta ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxati asosida tuziladi.
Harbiy qismlardagi ovoz beruvchi harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va boshqa fuqarolarning ro‘yxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining turar joylari bo‘yicha umumiy asoslarda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladilar.
Ovoz beruvchi fuqarolarning familiyalari ro‘yxatlarda ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
REFERENDUM UCHASTKALARINI TUZISH TARTIBI QANDAY?
Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi.
harbiy qismlar, sanatoriylar va dam olish uylarida
kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida
olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda
qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida
Bu uchastkalar o‘zlari joylashgan yerdagi referendum okruglariga kiradi.
Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin 15 kundan kechikmay tuziladi.
Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning kamida 20 va ko‘pi bilan 3000 nafaridan iborat etib tuziladi.
REFERENDUM NATIJALARI QANDAY ANIQLANADI?
Markaziy saylov komissiyasi referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining bayonlari asosida quyidagilarni aniqlaydi:
ovoz beruvchilarning umumiy soni
ovoz berish byulletenlari soni
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolar soni
muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar soni (ovoz berish qutilaridagi byulletenlar soniga muvofiq)
foydalanilmagan va buzib qo‘yilib, bekor qilingan ovoz berish byulletenlarining umumiy soni
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar soni
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar soni
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari soni
REFERENDUMDA MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH TARTIBI QANDAY?
Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga 10 kun qolganida boshlanadi va referendumga 3 kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida bo‘la olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida 2 nafar aʼzosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining 2 nafar aʼzosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
REFERENDUMDA OVOZ BERISH TARTIBI QANDAY?
Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka komissiyasi referendum o‘tkaziladigan kunga kamida 10 kun qolganda fuqarolarni xabardor qiladi.
Referendumda ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi.
Ovoz berish binosiga kelgach, fuqaro uchastka komissiyasining aʼzosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga ovoz berish byulleteni beriladi.
fuqaro o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “ ➕ ” yoki “ ✔️ ” yoxud “ ❌ ” belgisini qo‘yadi.
Byulletenni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan uchastka komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.
Ayrim fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.
Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.