Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI Z.NIZAMXODJAYEVNING BAYRAM TABRIGI

20.03.2023

2371

msk_yangiliklari_in

Aziz vatandoshlar!
Muhtaram hamkasblar!

Goʻzal Vatanimizga uygʻonish, yangilanish, mehr-oqibat va xayru saxovat ayyomi – Navroʻzi olam nafasi kirib keldi. Xalqimiz ushbu qutlugʻ shodiyonani bu yil ham koʻtarinki kayfiyat va ezgu orzular bilan kutib olmoqda. Shukrki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod. Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida xalqimiz  eng qadimiy ayyom – Navroʻzi olamni zoʻr quvonch va katta  tantanalar bilan nishonlamoqda.

Yilning barakasi bahoridan maʼlum, deydi xalqimiz. Dalalarga sepini yoygan koʻklam koʻkatlarining bahor yomgʻirlaridan toʻyib bahra olayotgani sohibkorlarimizning moʻl hosilidan, yurtimizga yogʻilayotgan qut-barakadan dalolatdir. Azal-azaldan maʼlumki, qayerda tinchlik va osoyishtalik mustahkam boʻlsa, oʻsha yerdan qut-baraka hech qachon arimaydi.

Barchangizni yangilanish, yasharish va yuksalish bayrami - Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etamiz. Sizlarga, eng avvalo, tinchlik-xotirjamlik,  mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va uzoq umr tilaymiz. Hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka arimasin. Goʻzal Vatanimizning ravnaqi yoʻlidagi xayrli ishlaringizda hamisha muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!   
  
Navroʻz bayramingiz muborak boʻlsin!

Ehtirom bilan,
Zayniddin NIZAMXODJAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi Raisi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur