Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

PEKIN DEKLARATSIYASI

 

(1995-yil 4-15-sentyabrda Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan IV Jahon ayollar konferensiyasi tomonidan qabul qilingan)

 

1. Biz, ayollar bo‘yicha IV Jahon konferensiyasida ishtirok etayotgan hukumatlar,

 

2. Bu yerda, 1995-yil sentyabrda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganining ellik yilligi munosabati bilan Pekinda yig‘ilganlar,

 

Biz shunga aminmizki:

 

13. Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tenglik asosida to‘liq ishtirok etish, shu jumladan qarorlar qabul qilishda ishtirok etish va hokimiyatdan foydalanish tenglik, taraqqiyot va tinchlik maqsadlariga erishishning asosidir;

 

14. Ayollar huquqlari inson huquqlaridir;

 

15. Teng huquqlar, imkoniyatlar va resurslardan foydalanish, erkaklar va ayollar o‘rtasida oilaviy majburiyatlarning teng taqsimlanishi va ular o‘rtasidagi uyg‘un hamkorlik ularning farovonligi va oilalari farovonligi, demokratiyani mustahkamlashning kalitidir;

 

Biz shunga qat’iymizki:

 

23. Ayollar va qizlarning barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan to‘liq foydalanishini ta’minlash va ushbu huquq va erkinliklarning buzilishiga qarshi samarali choralar ko‘rish;

 

24. Ayollar va qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish va erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikka erishish, ayollar va ularning huquqlarini rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish;

 

25. Tenglikka erishish uchun barcha sa’y-harakatlarda erkaklarning to‘liq ishtirokini rag‘batlantirish;