XOTIN-QIZLARNI KAMSITISHINING BARCHA SHAKLLARIGA BARHAM BERISH TO‘G‘RISIDA KONVENSIYA
(Bosh Assambleyaning 1979-yil 18-dekabrdagi 34/180 rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan)
Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda
Mazkur Konvensiyaning maqsadi o‘laroq «xotin-qizlarning kamsitilishi» tushunchasi, har qanday farq jinsiy belgilariga ko‘ra istisno qilish, cheklash, tan olmaslik, yo‘qqa chiqarish yoki bo‘shashtirishga yo‘naltirilgan, ayollar foydalanayotgan yoki amalga oshirayotgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va boshqa sohada oilaviy sharoitidan qat’i nazar erkak va ayollarga tenglik asosida inson huquqlari va asosiy erkinliklar berilishini anglatadi.
2-modda
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllarini qoralab, zudlik bilan barcha tegishli usullar orqali xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish siyosatini yurgizishga kelishadilar va shu maqsadda quyidagi majburiyatlarni oladilar:
a) erkaklar bilan ayollar o‘rtasidagi tenglik tamoyilini, agarda bu hozirgacha qilingan bo‘lmasa, milliy Konstitutsiyaga va boshqa tegishli qonunlarga kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu tamoyilni amaliyotga joriy etishni ta’minlash;
b) xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini taqiqlovchi tegishli qonunchilik va boshqa choralarni ko‘rish, zarur bo‘lganda sanksiyalarni qo‘llash;
c) erkaklar bilan tenglik asosida ayollarning huquqlari yuridik jihatdan himoyalanishni o‘rnatish, vakolatli milliy sudlar va davlat muassasalarining yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishiga qarshi ularning samarali himoya qilinishini ta’minlash;
d) xotin-qizlarning kamsitadigan biron-bir xatti-harakatlarni amalga oshirishdan tiyilish, davlat organlari va muassasalari ushbu majburiyatga muvofiq faoliyat ko‘rsatishlariga kafolat berish;
e) biron-bir shaxs, tashkilot yoki korxona tomonidan xotin-qizlar kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko‘rish;
f) xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va amaliyotni o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko‘rish;
g) xotin-qizlarni kamsitishdan iborat bo‘lgan o‘zining jinoyatchilikka oid qonunlarining barcha moddalarini bekor qilish.
3-modda
Ishtirokchi-davlatlar erkaklar bilan tenglik asosida xotin-qizlarning inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini ro‘yobga chiqarishlari va ulardan foydalanishlarini kafolatlash maqsadida xotin-qizlarining har tomonlama rivojlanishini va taraqqiyotini ta’minlash uchun barcha sohalarda, xususan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko‘radilar.
7-modda
Ishtirokchi-davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni ko‘radilar, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng sharoitlar asosida quyidagi huquqlarni ta’minlaydilar:
a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish;
b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida davlat vazifalarini amalga oshirish;
c) mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayot muammolari bilan shug‘ullanadigan hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va uyushmalarning faoliyatida qatnashish.
8-modda
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik asosida va hech qanday kamsitishsiz xalqaro miqyosda o‘z hukumatlari nomidan vakillik qilish va xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida barcha tegishli choralarni ko‘radilar.
9-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar fuqarolikni qabul qilish, uni o‘zgartirish yoki saqlab qolishda ayollarga erkaklar bilan teng huquqlarni beradi. Ular, jumladan, chet el kishisiga turmushga chiqqanda ham, turmushga chiqayotgan vaqtda turmush o‘rtog‘ining fuqaroligi o‘zgarganda ham ayolning fuqaroligi o‘z-o‘zidan o‘zgarishiga olib ketmaydi, uni fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylantirmaydi va erining fuqaroligini qabul qilishga majbur eta olmaydi.
2. Ishtirokchi-davlatlar ayollarga o‘z farzandlarining fuqaroligiga nisbatan erkaklar bilan teng huquqlar beradi.