INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI

 

(BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 217 A (III) Rezolyutsiya bilan qabul qilingan)

 

2-modda

 

Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo‘lishi zarur.

 

Bundan tashqari, inson mansub bo‘lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o‘z-o‘zini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’i nazar biror bir ayirmachilik bo‘lmasligi kerak.

 

20-modda

 

1. Har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega.

 

2. Hech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas.

 

21-modda

 

1. Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega.

 

2. Har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega.

 

3. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo‘li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim.