saylov_komissiyalari_in

1999-yil 10-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylov o’tkazilgan.

 

Oliy Majlis sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish uchun Respublika bo’yicha:

 

250 ta okrug saylov komissiyasi 7723 ta uchastka saylov komissiyasi tuzilgan.

 

Siyosiy partiyalar, hokimyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlari tomonidan ko’rsatilgan nomzodlardan 1010 nafar nomzod saylov byulletenlariga kiritilgan.

 

Respublika bo’yicha 12 million 692 ming 202 nafar kishi saylovchi sifatida ro’yxatga kiritilgan. Shundan 95,03 foizi ovoz berishda ishtirok etgan. 250 ta okrugning barchasida saylovchilar ovoz berishda ishtirok etganligi takidlanib, ularda o’tkazilgan saylovlar haqiqiy deb topildi. Ovoz berish natijalariga ko’ra 184 ta saylov okrugida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylangan. Ular orasida:

 

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining – 9 nafar

 

“Vatan taraqqiyoti” partiyasining – 9 nafar

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining – 6 nafar

 

Fidokorlar milliy demokratik partiyasining – 19 nafar

 

Xalq demokratik partiyasining – 32 nafar

 

Hokimyat vakilillik organlarining – 98 nafar

 

Saylovchilar tashabbuskor guruhlarining – 11 nafar vakili bor.

 

Saylanganlardan 11 nafari xotin-qizlarni tashkil etgan.

 

Respublika bo’yicha 66 saylov okrugida deputatlikka nomzodlardan hech qaysi biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko’pining ovozini ololmagan`. Shu sababli eng ko’p ovoz olgan ikki nafar nomzodlar o’rtasida takroriy ovoz berish 19-dekabr, yakshanba kuni o’tkazilgan.