2019-yil 22-dekabr kuni Mamlakatimizda katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 22-dekabr kuni Mamlakatimizda katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil 22-dekabrda bo‘lgan saylovlarda jami 13 963 627 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizini tashkil qildi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-dekabrdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglarida birinchi turda g‘oliblar aniqlanmaganligi uchun, ya’ni ushbu saylov okruglaridan nomzodlari ko‘rsatilgan beshta siyosiy partiya nomzodlarining birortasi ham ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 50 foizidan ko‘p ovozini olaolmaganligi sababli ushbu saylov okruglarida ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning eng ko‘p ovozlarini olgan ikki nafardan nomzodlar o‘rtasida takroriy ovoz berishni o‘tkazish
2020-yil 5-yanvar kuniga belgilandi.
5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglaridagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu saylov uchastkalarida 3 million 147 ming 79 nafar fuqarolar Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardan 1 million 978 ming 48 nafari takroriy ovoz berishda ishtirok etdi. Demak, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 62,8 foizi takroriy ovoz berishda ishtirok etdi.
Shuni alohida aytib o‘tish lozim, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 59-moddasiga muvofiq takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmasada, biroq bu jarayonda ham 62,8 foiz saylovchilarning ishtirok etganligi, fuqarolarimizning siyosiy huquqiy madaniyati yuksalib, ularning yangilanayotgan O‘zbekistonda yangitdan shakllantirilayotgan parlament saylovlariga befarq emas ekanliklarini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli, odilona va insonparvar siyosatni qo‘llab-quvvatlashlarining yana bir bor isboti bo‘ldi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish jarayonini deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan jami besh mingdan ortiq kuzatuvchilar kuzatib bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkazilgan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari hamda hududiy saylov komissiyalaridan akkreditasiyadan o‘tgan mahalliy jurnalistlar saylovlar jarayonini faol yoritib bordilar.
2019-yil 25-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 125 ta saylov okruglaridan nomzodlar Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deb topilib, ro‘yxatga olingan edi. Bular:
– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 42 nafar;
– O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 34 nafar;
– O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan 20 nafar;
– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 18 nafar;
– O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 11 nafar deputatga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati maqomi berilgan edi.
2020-yil 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 25 ta okrug saylov komissiyalarining takroriy ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari va qarorlariga asosan:
– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 15 nafardan 11 nafari;
– O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 11 nafardan 2 nafari;
– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 9 nafardan 4 nafari;
– O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 10 nafardan 4 nafari hamda – O‘zbekiston Ekologik partiyasining 5 nafardan 4 nafari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandilar.
Markaziy saylov komissiyasi hozir bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ushbu deputatlarni ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qildi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to‘liq shakillantirildi.
Dastlabki hamda takroriy ovoz berish natijasida, ya’ni saylovlarning umumiy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar quyidagicha deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldilar:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 53 ta deputatlik o‘rni;
2. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36 ta deputatlik o‘rni;
3. O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi 24 ta deputatlik o‘rni;
4. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 22 ta deputatlik o‘rni;
5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi 15 ta deputatlik o‘rnini egallashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatlarning 48 nafari yoki 32 foizini xotin qizlar, 39 nafarini yoki 26 foizini oldin ham Qonunchilik palatasi deputati bo‘lganlar tashkil etadi.
Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilar. Eng yosh deputat
26 yoshda. Eng yoshi ulug‘ deputat 71 yoshda.
O‘zbek millatiga mansub deputatlar 130 nafar yoki 87,0%ni, boshqa millat vakillari – 20 nafar yoki 13%ni tashkil qiladi. Ulardan qoraqalpoq va rus millatiga mansublar 5 nafardan, qozoq va tojik millatiga mansublar 3 nafardan, koreys millatiga mansublar 2 nafarni hamda 1 nafardan turkman va qirg‘iz millatiga mansub deputatlar tashkil qiladi.
Mutaxassisligi va ixtisosligi bo‘yicha deputatlrning 32 nafari yoki 21,3 foizi fan-ta’lim sohasi vakillari, 23 nafari yoki 15,3 foizi bank, moliya va iqtisod sohasi vakillari, 21 nafari yoki 14 foizi huquqshunoslar, 21 nafari yoki 14 foizi jamoatchilik va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, 12 nafari yoki 8 foizi qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, 9 nafari yoki 6 foizi tibbiyot sohasi vakillari, 9 nafari yoki 6 foizi qurilish, kommunikasiya, transport va aloqa sohasi vakillari, 6 nafari yoki 4 foizi OAV vakillari, 7 nafari yoki 5 fozi tadbirkorlar hamda 10 nafari yoki 6,7 foizi boshqa soha vakillari sanaladi.
2019 yil 10 dekabr kuni yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi belgilangan. Ushbu qonunga muvofiq Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega bo‘ldi.