Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

saylov_komissiyalari_in

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016-yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar roýxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etgani aniqlandi. Bu roýxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qiladi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko’ra, Sarvar Sadullaevich Otamurotovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.

 

Shunday qilib, natijalarga asosan 2016-yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g’olib chiqdi.

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90, 117-moddalariga, “O’zbekiston respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalariga “O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to’g’risida qaror qabul qildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish jarayonini 5 ta xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy kampaniya demokratik talablari asosida ochiq va oshkora o’tganining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.

 

Saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta`minlashda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim o’rin tutatdi. Prezident saylovini 615 milliy va 272 xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy internet nashrlari yoritib boradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan mamlakatimiz va chet elning 1 ming 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag’ishlangan 180 ta matbuot anjumani va online brifinglar o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq 22 ming 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari e’lon qilindi, ko’rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatildi.