19.06.2024

1920

msk_yangiliklari_in

Yevropa saylov tashkilotchilari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan har yili fevral oyining birinchi payshanbasida Butunjahon saylov kuni nishonlanadi.

 

Uni tashkil etish tashabbusi 2005-yil sentyabr oyida Shiofoke  shahrida (Vengriya) bo‘lib o‘tgan Saylov tashkilotchilarining III-Global konferensiyasida ilgari surilgan.

 

Butunjahon saylov kunini nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan. Aynan shu kuni turli mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari saylov bo‘yicha eng ko‘p xalqaro shartnomalarni imzoladilar.

 

Butunjahon saylov kunini belgilashning asosiy maqsadi  - fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash, saylov jarayonlarini takomillashtirish muammosiga xalq e’tiborini qaratishdir.

 

Sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev YEXHT DIIHBning Saylov departamenti, Yevropa davlatlari saylov tashkilotchilari assotsiatsiyasi (AEEO), Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (A-WEB) va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlarga hamda xorijiy davlatlarning saylov organlaridagi hamkasblariga tabrik maktublarini yo‘lladi.

 

MSK Raisi Z.Nizomxodjayev Butunjahon saylov kunining 17-yilligi bilan tabriklar ekan, saylovlar kuchli fuqarolik jamiyatiga ega demokratik huquqiy davlatning ajralmas qismi ekanligini, xalq irodasining asosiy shakli va davlat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakllaridan biriligini  alohida ta’kidladi.

 

Tabrikda qayd etilishicha, erkin va adolatli saylovlar, demokratlashtirish jarayonining hal qiluvchi omili, xalq xohish-irodasini ifoda etishning asosiy vositalaridan biri ekani hozir dunyoning barcha mintaqalarida e’tirof etilmoqda.

 

MSK

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur