08.09.2023

2681

msk_yangiliklari_in

2023-yil 9-sentabr kuni Maldiv Respulikasida Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi.

 

Maldiv Respulikasi Konstitutsiyasiga koʻra, Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri, umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezident bir vaqtning oʻzida davlat rahbari, hukumat rahbari va mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi. Ushbu shaxs ketma-ket yoki ikki muddatdan ortiq Prezident lavozimini egallashi mumkin emas.

 

Saylovda koʻpchilikning (50 foizdan ortiq) haqiqiy ovoziga ega boʻlgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar hech bir nomzod mutlaq koʻpchilik ovozga ega boʻlmasa, saylov ikkinchi turga oʻtadi, bu ikki yetakchi nomzod oʻrtasida saylovdan kamida 21 kun oʻtgach oʻtkazilishi kerak. Koʻpchilikning ovoz berishiga erishgan nomzod Prezident etib saylanadi.

 

Bu galgi saylovda prezidentlik lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod kurash olib bormoqda. Ulardan besh nafari siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan, uch nafari - mustaqil nomzodlar. Mamlakatning amaldagi prezidenti, Maldiv Demokratik partiyasidan Ibrohim Muhammad Solih nomzodlardan biri sifatida saylovda ishtirok etmoqda.

 

2008-yilgi birinchi saylovlardan buyon mazku rprezidentlik saylovlarida eng koʻp nomzod roʻyxatga olingan.

 

Maldiv Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga koʻra saylov kuni 18 yoshga toʻlgan fuqarolarga ovoz berish huquqiga egadirlar. Ushbu saylovlarda 282 395 fuqaro ovoz berish huquqiga ega (Maldiv orollarining umumiy aholisi 520 621 kishi), ulardan 21 mingdan ortigʻi birinchi marta ovoz beradi. Saylovchilarning qariyb 56 foizi siyosiy partiyalar aʼzosidir. Mamlakatda 11 ta partiya roʻyxatga olingan.

 

Saylovlar besh aʼzodan iborat doimiy organ boʻlgan Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

 

Prezident saylovini oʻtkazish uchun 574 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Ularning eng koʻpi, yaʼni 176 tasi Male hududida, 319 tasi atollar, 65 tasi maxsus kurortlar, 5 tasi qamoqxonalar va 1 tasi xalqaro aeroport hududida joylashgan. Maldivlik saylovchilar soni 150 nafardan oshgan xorij mamlakatlarida ham 8 ta saylov uchastkasitashkil etilgan.

 

Maldiv Respublikasi saylov komissiyasitomonidan 4969 nafar saylov uchastkalari vakillari, jumladan, zahiradagi saylov ishtirokchilari oʻqitildi.

 

Ovoz berish jarayonlari 9-sentabr kuni soat 8:00 dan 16:00 gacha boʻlib oʻtadi.

 

Milliy qonunchilikka muvofiq, ovoz berish binosiga mobil telefonlar, video, foto va audio yozuvlar, qogʻozlar solingan papkalar, ryukzak vasumkalar olib kirish mumkin emas.

 

Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi ovoz berish jarayonlarini kuzatish va monitoring olib borishlari uchun 3 027 nafar mahalliy kuzatuvchi, 3799 nafar mahalliy OAV vakillarini, shuningdek, 1 490 nafar nomzodlarning vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazdi. Bundan tashqari, saylovda 143 nafar xalqaro kuzatuvchi va 22 nafar xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyat olib boradi.

 

Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov xalqaro kuzatuvchi sifatida saylovda ishtirok etmoqda.