№ 987 OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 987 2019-yil 19-noyabr

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-

moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining 2019-yil

5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida

ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi

to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat,

tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlikning borishi va

saylovning o‘tishini xolisona yoritib borish bo‘yicha ommaviy axborot

vositalari vakillari ilovaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati

Matbuot xizmati (N.Rizayev) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot

vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar

tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Istamov zimmasiga

yuklansin.

RaisM. Abdusalomov