№ 985 2019-yil 19-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 42-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Ekologik partiyasining 79-Jarqo‘rg‘on saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatgan nomzodi Xalikov Saydulla Mamayusupovichni nomzodlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi murojaati qanoatlantirilsin. Xalikov Saydulla Mamayusupovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilsin hamda nomzodlik maqomidan mahrum etilsin.
2. O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 4-Amudaryo saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatgan nomzodi Ziyadullayev Zoxidjon Fayzullayevichni nomzodlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi murojaati qanoatlantirilsin. Ziyadullayev Zoxidjon Fayzullayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilsin hamda nomzodlik maqomidan mahrum etilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov