№ 949 O'ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASINING VAKOLATLI VAKILINI RO'YXATGA OLISH TO'G'RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 949 2019-yil 24-sentabr

O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASINING VAKOLATLI VAKILINI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 34-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining Markaziy saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun vakolatli vakilni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.

2. Islam Nortashevich Xushvaqtov - O‘zbekiston Ekologik partiyasining vakolatli vakili etib ro‘yxatga olinsin.

3. Islam Nortashevich Xushvaqtovga Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilangan namunadagi guvohnoma topshirilsin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov