№ 947 2019-yil 24-sentabr
O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASINING VAKOLATLI VAKILINI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 34-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Markaziy saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun vakolatli vakilni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.
2. Ulug‘bek Nazarovich Vafayev - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakili etib ro‘yxatga olinsin.
3. Ulug‘bek Nazarovich Vafayevga Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilangan namunadagi guvohnoma topshirilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov