№ 945 2019-yil 24-sentabr
O‘ZBEKISTON “ADOLAT” SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASINING VAKOLATLI VAKILINI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 34-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Markaziy saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun vakolatli vakilni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.
2. Abdukamol Shodiyevich Raxmonov - O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili etib ro‘yxatga olinsin.
3 Abdukamol Shodiyevich Raxmonovga Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilangan namunadagi guvohnoma topshirilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov