№ 944 2019-yil 20-sentabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI VA MAHALLIY KENGASHLAR DEPUTATLARI SAYLOVI BO‘YICHA SAYLOV KAMPANIYASI BOSHLANISHINI E’LON QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga
va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 36-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. 2019-yil 22-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligi va
mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi 2019-yil 20
sentabrdan boshlanishi e’lon qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va
mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi
(bundan buyon matnda – Asosiy tadbirlar dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov
komissiyalari hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, shuningdek
Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
5. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida, «Halq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalarida e’lon qilinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov