№ 941 2019-yil 19-sentabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI AYRIM DEPUTATLARINING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. 32-G‘allaorol saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Tulqin Sayfullayevich Abdusattarovning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi direktori lavozimiga hamda 48-Chust saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Raxim Rasuljonovich Xakimovning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanganliklari munosabati bilan va o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma arizalariga binoan deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda Xalq deputatlari Jizzax va Namangan viloyat Kengashlariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov