№ 938 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOVLARIDA XORIJIY DAVLATLAR VA XALQARO TASHKILOTLARDAN QATNASHADIGAN KUZATUVCHILAR TO'G'RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 938 2019-yil 19-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov