№ 935 SIYOSIY PARTIYANING VAKOLATLI VAKILI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 935 2019-yil 11-sentabr

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov