№ 928 2019-yil 24-avgust
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING REGLAMENTINI TASDIQLASH TUG‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 16 va 18-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblansin:
2010-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti to‘g‘risida (yangi tahrirda)”gi 506-son qarori;
2018-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 901-son qarori.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov