№ 915 2019-yil 27-may
OKRUG VA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALARNI TASDIQLASH HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha Uslubiy tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Uslubiy tavsiyalar xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovida okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlarga nisbatan qo‘llanilishi tavsiya etilsin.
3. Ushbu qaror hududiy saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro uchun yuborilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari G. Raximova zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov