№ 911 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI M.USMANOVNING SENATORLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 911 2019-yil 3-aprel

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI M.USMANOVNING SENATORLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2015-yil 20-yanvardagi 4698-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlangan Mirabror Zufarovich Usmanov vafot etganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov