№ 910 TOSHKENT VILOYATIDA BOʻSHAB QOLGAN OʻRINGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI SAYLOVI BOʻYICHA BOʻLIB OʻTGAN QOʻSHMA MAJLISDA SAYLANGAN G.RIXSIYEVANI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI ETIB ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRI

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 910 2019-yil 19-fevral

TOSHKENT VILOYATIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN QO‘SHMA MAJLISDA SAYLANGAN G.RIXSIYEVANI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalariga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha 2019-yil 16-fevral kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Gulchexra Shovkatovna Rixsiyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov