№ 899 2018-yil 27-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 2018-YILDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT HAMDA 2019-YIL BIRINCHI YARMIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2018-yildagi faoliyati yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi kotibi S.Kurbankulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S.Kurbankulov) tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan barcha tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlasin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari G.Raximova zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov