№ 891 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI T.DJURAYEVNING SENATORLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 891 2018-yil 9-oktabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI T.DJURAYEVNING SENATORLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 11-iyuldagi “T.I.Djurayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida”gi KQ-376-III-son qaroriga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2018-yil 13-iyuldagi 282-53-son qaroriga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Turabjon Ikramovich Djurayevning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari 2018-yil 13-iyuldan tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov