№ 882 2018-yil 11-iyul
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI S.TURSUNOVNING DEPUTATLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputati Sobit Axmadovich Tursunov vafot etganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov