№ 879 2018-yil 3-iyul
BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2018-yil 6-iyul kuni soat 10.00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri binosida o‘tkazilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalarida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov