№ 878 2018-yil 3-iyul
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI R.USMANOVNING SENATORLIK VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Raxmanbek Djaxangirovich Usmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida bergan yozma arizasiga asosan, uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov