№ 854 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI I.OʻROQOV, U.UZAKOV VA SH.BABAYEVNING SENATORLIK VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 854 2017-yil 13-noyabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI I.O‘ROQOV, U.UZAKOV VA Sh.BABAYEVNING SENATORLIK VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Isomidin Barnoyevich O‘raqov, Ulug‘bek Yuldashevich Uzakov va Shukurullo Xabibullayevich Babayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida bergan yozma arizalariga asosan, ularning senatorlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyati Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov