№ 852 2017-yil 15-sentabr
OKRUG VA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari S. Kurbonkulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov