№ 848 2017-yil 22-avgust
S.TURDIYEV VA M.DJUMAGALDIYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalariga va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9 moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha 2017-yil 21-avgust kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Sodiqjon Turdiyev hamda Muxamet Ro‘zimovich Djumagaldiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda xalq deputatlari Andijon va Jizzax viloyat Kengashlariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov