№ 846 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI A.TURGUNOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 846 2017-yil 18-avgust

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI A.TURGUNOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Aybek Ashirovich Turgunovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati bergan yozma arizasiga muvofiq muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov