№ 841 B.YUSUPOVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI ETIB ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 841 2017-yil 11-avgust

B.YUSUPOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “B.T.Yusupovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 5140-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50, 62-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Baxodir Tursunovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov