№ 840 2017-yil 10-iyul
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI Yo. UMAROVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. 59-Payariq saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Yoqub Doniyorovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan va bergan arizasini inobatga olib uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov