№ 839 2017-yil 10-iyul
K. KURANBAYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “K.K.Kuranbayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risida”gi 5108-son Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50, 62-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov