№ 837 2017-yil 30-iyun
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI M.NURMURATOV VA X.OKBUTAYEVNING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratov hamda Ximmat Kuchkarovich Okbutayevning tegishincha xalq deputatlari Jizzax va Samarqand viloyat Kengashlari deputatlari vakolatlari tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Jizzax va Samarqand viloyat Kengashlariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov