№ 830 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI B.GAIBNAZAROVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 830 2017-yil 25-aprel

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI B.GAIBNAZAROVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Boxodir Rixsialiyevich Gaibnazarovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati bergan yozma arizasiga muvofiq muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov