№ 826 2017-yil 27-mart
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI AYRIM DEPUTATLARINING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputati Otabek Abduhamidovich Abdug‘aniyev, 24-Ibn Sino saylov okrugidan saylangan deputati Farxod Bakoyevich Umarov, 100-Vodil saylov okrugidan saylangan deputati Ilxom Abbosovich Nosirov boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan ularning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi va xalq deputatlari Sirdaryo, Buxoro, Farg‘ona viloyat Kengashlariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov