№ 825 A.RAMATOV VA SH.SALIXOVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AʼZOLARI ROʻYXATIDAN CHIQARISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 825 2017-yil 27-mart

A.RAMATOV VA Sh.SALIXOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi PF-4994 son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari Achilbay Jumaniyazovich Ramatov va Shavkat Ismailovich Salixovning vakolatlari muddatidan avval tugatilganligi sababli, ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov