№ 824OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AYRIM AʼZOLARINING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 824 2017-yil 27-mart

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AYRIM A’ZOLARINING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Paxridin Jurayevich Matkarimov va Shavkat Teshayevich Mavlonovning tegishincha xalq deputatlari Namangan va Buxoro viloyat Kengashlari deputatlari vakolatlari tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari Namangan va Buxoro viloyat Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov