№ 819 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI R.KAMILOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 819 2017-yil 10-mart

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI R.KAMILOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. 128-Sanoat saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Rustam Tuychiyevich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov