№ 817 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI S.TURGʻUNOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 817 2017-yil 10-mart

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI S.TURG‘UNOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov