№ 816 BOʻSHAB QOLGAN OʻRINGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 816 2017-yil 10-mart

BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2017-yil 14-mart kuni soat 10.00da Jizzax viloyati musiqali drama teatrining binosida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalarida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov