№ 812 BOʻSHAB QOLGAN OʻRINGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI SAYLOVINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 812 2017-yil 31-yanvar

BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Samarqand viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2017-yil 4-fevral kuni soat 10.00da Samarqand viloyati hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilsin.

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov