№ 810 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI O.ASHURMATOV, S.ISMAILOV, T.MAMARAIMOV VA M.ESANOVNING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 810 2017-yil 31-yanvar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI O.ASHURMATOV, S.ISMAILOV, T.MAMARAIMOV VA M.ESANOVNING VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Oybek Shodmonkulovich Ashurmatovning, Sayfiddin Umarovich Ismailovning, Tojimurod Normurodovich Mamaraimovning va Muxiddin Turdiyevich Esanovning tegishincha xalq deputatlari Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro viloyat Kengashlari deputatlari vakolatlari tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro viloyat Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov