№ 809 U.UZAKOV VA E.TURDIMOVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI ETIB ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 809 2017-yil 31-yanvar

U.UZAKOV VA E.TURDIMOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58, 61-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Jizzax va Surxondaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha 2017-yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Ulug‘bek Yuldashevich Uzakov va Erkinjon Oqbutayevich Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari Jizzax va Surxondaryo viloyat Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov