№ 805 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 2016-YIL IKKINCHI YARMIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROT HAMDA 2017-YIL BIRINCHI YARMIGA MOʻLJALLANGAN ISH REJASI TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 805 2017-yil 23-yanvar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 2016-YIL IKKINCHI YARMIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROT HAMDA 2017-YIL BIRINCHI YARMIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI TO‘G‘RISIDA1

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil ikkinchi yarmida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin (1-ilova).

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2017-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi asos uchun qabul qilinsin (2-ilova).

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 19-avgustdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha Tadbirlar kompleks rejasi”ga ijro muddatlari qismida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning bajarilishi ta’minlansin (3-ilova).

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov