№ 804 2017-yil 17-yanvar
BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2017-yil 21-yanvar kuni soat 10.00da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o‘tkazilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalarida e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov