№ 797 2016-yil 12-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI M.UBAYDULLAYEVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. 104 - Quvasoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Mirzoxid Murodillayevich Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov